O‘zbekiston energetika vaziri qishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan energiya resurslari tanqisligini qanday qoplashni rejalashtirayotgani haqida gapirdi. Rejaga ko‘ra, mazutdan elektr ishlab chiqariladi, yirik korxonalarni tungi ish rejimiga o‘tkaziladi, AGTKSHlarga gaz yetkazib berish qisqartiriladi.
Prezident bilan uchrashuvdan so‘ng “O‘ztransgaz”, “Hududgazta’minot”, “Hududiy elektr tarmoqlari”, “O‘zenergoinspeksiya” va boshqa korxonalar rahbarlarining qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha hisobotlari tinglandi. Ular energiya tizimi “har qanday ob-havo injiqligi va anomal sovuqqa tayyor”ligini ma’lum qildi.
O‘zbekiston prezidenti o‘tgan qishdan buyon “qanday xulosalar chiqarilganini ko‘rish” maqsadida Toshkentdagi qator yangi va yangilangan issiqlik ta’minoti obyektlarida bo‘ldi. Uylar va boshqa obyektlar issiq bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha topshiriq berdi. “Energiyani tejash madaniyatini oshirishimiz ham kerak”, — dedi u.
Kelayotgan qish mavsumida yanvar oyida kuzatilganidek anomal hodisalar bo‘lishi kutilgani yo‘q, deya ma’lum qildi Gidrometeorologik ta’minot boshqarmasi boshlig‘i Azimjon Narzullayev. — Biroq harorat −7…−12 darajagacha, shimolda −17…−22 darajagacha tushishi mumkin.
Anomal sovuq kuzatilgan yanvar oyida aholi o‘z tanasida his etgan sezilarli inflyatsiya negadir rasmiy inflyatsiya ko‘rsatkichida aks etmadi. Iqtisodchi Mirkomil Xolboyev real voqelikda inflyatsiya darajasi rasmiy inflyatsiya ko‘rsatkichidan yuqori bo‘lganiga ishora qiluvchi bir qator statistik raqamlarni tahlil qiladi.
O‘zbekistonda issiqxona pomidorining narxi keskin ko‘tarildi, buning sababi sifatida yanvar oyidagi anomal sovuq paytida issiqxonalarda hosilning nobud bo‘lgani ko‘rilmoqda. 10 martga qadar qizil pomidorning ulgurji narxi 27 ming so‘mga, pushti ranglisi esa 33 ming so‘mgacha ko‘tarilgan.
Yanvar oyida O‘zbekistonda kuzatilgan anomal sovuq tufayli ishlab chiqarish hajmi qariyb 10 foizga qisqardi. Gaz qazib olish 2022 yilning yanvariga nisbatan 7,5 foizga, gaz kondensati — 9,1 foizga, ko‘mir — 13,8 foizga, elektr energiyasi ishlab chiqarish — 2 foizga kamaydi.
Shavkat Mirziyoyev birinchi chorakda YIM pasayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun sovuqdan jabr ko‘rgan tadbirkorlar qo‘llab-quvvatlanishini ma’lum qildi. Tadbirkorlik subyektlariga kredit to‘lash muddati uzaytiriladi, qarzni bo‘lib-bo‘lib to‘lash, foiz va “penya” hisobini to‘xtatib turish va boshqa imkoniyatlar yaratiladi.
27 yanvardan boshlab elektr energiyasidan qarzi bor iste’molchilar yana avtomatik tarzda tarmoqdan uziladi. Avvalroq o‘chirishlar anomal sovuq ob-havo sabab to‘xtatilgandi.
Anomal sovuq kunlarda O‘zbekistondagi suv havzalari, ko‘l va sharsharalar muzlab qoldi. Ularning nafaqat doimiy ko‘rinishi, balki muzlagan holati ham alohida jozibador. «Gazeta.uz» ana shunday tasvirlarni jamladi.
«Yuksalish» harakati davlat idoralarini energiya resurslari aholiga yetkazib berilmagan kunlar uchun qayta hisob-kitob qilishga, isinish xonalarini ochishga va murojaatlar uchun ko‘p funksiyali koll-markaz tashkil etishga chaqirdi. Energetika vazirligi qishga tayyorlanganlik holati bo‘yicha hisobot berishi ham kerak.
Qator viloyatlar hokimliklari qishki ta’til muddati yana bir bor uzaytirilishi to‘g‘risida ma’lum qila boshladi. 18 yanvarda boshlanishi kerak bo‘lgan o‘qish 23 yanvarga ko‘chirildi.
Chirchiqning «Humo» mahallasida yashovchi aholi elektr yo‘qligi sababli yo‘lni to‘sib qo‘yishdi. Shahar hokimi mahallaga keldi. U uzr so‘rab, iste’mol ortishi sababli avariyalar sodir bo‘layotganini aytdi. Mahallaga elektr berildi.
Sovuq ob-havo tufayli 766/765-sonli «Toshkent — Buxoro — Toshkent» yo‘nalishidagi Afrosiyob tezyurar poyezdining 16, 17, 18, 19, 20 yanvardagi 5 ta reysi bekor qilindi.
Anomal sovuq munosabati bilan Toshkent hokimligi ehtiyojmand oilalar, uy-joy kommunal, obodonlashtirish va YHXX xodimlariga poytaxtning qator joylarida bepul osh tarqatilishi haqida e’lon qilgan edi. «Gazeta.uz» muxbirlari ana shunday joylarda bo‘lib, aholi va rasmiylar bilan suhbatlashdi — fotoreportaj.
Yakshanba kuni O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlariga iliq havo kirib kela boshlaydi. Harorat kechasi −12…−17 daraja, kunduzi −5…−10 daraja bo‘ladi.
Sovuq kunlarda Toshkent hokimligi tomonidan shaharning olti joyida ehtiyojmand aholi, kommunal xizmat ko‘rsatish, obodonlashtirish bo‘limi va YHXB xodimlariga bepul osh tarqatilmoqda.
O‘zbekistonda kuzatilayotgan anomal sovuq sabab tashqarida joylashgan bankomatlar pul chiqarmay qolishi holatlari kuzatilmoqda. Shu tufayli pullarni naqdlashtirishda yopiq inshootlardagi bankomatlardan foydalanish tavsiya etildi.
Anomal sovuq tufayli zavod va boshqarmalarning siquv kompressor stansiyalaridagi gaz haydash agregatlarida avariyali holatda to‘xtashlar kuzatildi, deya xabar qildi «O‘zbekneftgaz». Mutaxassislar gaz qazib olishning qisqarishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rmoqda.
Anomal sovuq sabab ta’tili cho‘zilgan o‘quvchi-talabalar aynan sovuq kunlarda yana qayta o‘qishga chaqirib olindi. Ijtimoiy tarmoq faollari orasida bu qaror keng muhokamalarga, xususan, tushunmovchiliklarga sabab bo‘ldi. «Gazeta.uz» holatga bildirilgan munosabatlarni bir yerga jamladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting